Daniyaning onlayn savdo va xalqaro bozorlardagi investitsiyalarga ixtisoslashgan Saxo Bank investitsiya banki «ehtimoli kam, ammo jiddiy e’tibor berilmagan» hodisalar ro‘yxatini tuzdi. Ular, bank xulosasiga ko‘ra, moliya bozorlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bankdagilarning «dahshatli» deb baholagan taxminlari kredit tashkiloti saytida e’lon qilingan ro‘yxatida aks ettirilgan.
Saxo Bank bankining qayd etishicha, bu taxminlar rasmiy bozor prognozlari hisoblanmaydi.
Shunday qilib, bankning ilk taxminiga ko‘ra, AQSh Federal zaxira tizimi o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. «Oraliq saylovlar arafasida respublikachilar va demokratlar byudjet intizomi to‘liq mavjud bo‘lmagan holda populizmda musobaqa qilishadi. Respublikachilar tomonidan soliqlarning qisqartirilishi daromadlar miqdori sezilarli kamayishiga olib keladi. Shu bilan mamlakat navbatdagi turg‘unlik davriga kiradi», — deya izoh bergan moliya muassasasi. Alaloqibat alamni FZTdan olishadi, «AQSh moliya vazirligi esa, Ikkinchi jahon urushidan keyin bo‘lganidek, tizginni qo‘lga oladi».
Ikkinchidan,Yaponiya markaziy banki egri daromadlilikni nazorat qilishdan bosh tortishi mumkin. Inflyatsiyaning o‘sishi «iyen kursining dahshatli qulashi sababli» Yaponiya banki keng qamrovli yumshatishlar chorasini qo‘llashga majbur bo‘ladi.
Uchinchi taxmin Xitoyning «nefteyuan»ga o‘tishinii nazarda tutadi. Bank fikricha, bu AQShning jahonga ta’siri zaiflashuvi hamda yuanlarda mahsulotlar fyucherslari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Saxo Bank moliyaviy institutiga ko‘ra, kelgusi yilda Donald Tramp siyosatidan norozi bo‘lgan 35 yoshgacha bo‘lgan amerikaliklar ovoz berish uchastkalarini to‘ldiradi. Demokratik partiya siyosatchilari ommaviy iste’molga turtki berish siyosatini olib boradi. AQShning 30 yillik g‘aznachilik majburiyatlari daromadi 5 foizdan oshadi.
Bundan tashqari, 2018 yilda YeIning yangi va eski a’zolari o‘rtasida bo‘linish ro‘y berishi mumkin. Kuchlar markazi frank-german o‘qidan Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari tomon og‘adi. Shunga binoan yevroning dollarga nisbatan kursi pasayishi mumkin.
Boshqa taxminlar orasida bitkoin kursining 60 ming dollargacha ko‘tarilishi ham bor. Ammo tez orada Rossiya va Xitoy yirik kapitalning mamlakatdan olib chiqilishiga chek qo‘yish maqsadida barcha ruxsat berilmagan kriptovalyutalarni taqiqlaydi. Buning oqibatida bitkoin kursi 2019 yilga kelib o‘zining asl boshlang‘ich qiymatiga pasayishi mumkin.
Shuningdek, Zimbabvedagi o‘zgarishlardan so‘ng, Afrika mamlakatlarida siyosiy o‘zgarishlar yuz berishini inkor etmayapti. Buning oqibatida eng ko‘p foydani JAR ko‘rishi mumkin.
Saxo Bank banki taxmin qilishicha, kelasi yil Xitoyning Tencent kompaniyasi Amerikaning Apple korporatsiyasini kapitallashuvi bo‘yicha ortda qoldiradi va dunyoning eng yirik kompaniyasiga aylanadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi