Foto: Akorda
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona shahrida Apple hamasoschisi Stiv Voznyak bilan payshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilishicha, kriptovalyutaning paydo bo‘lishi dunyoda bir valyuta hukmronligiga javob bo‘ldi.
Nazarboyev payshanba kuni Ostona shahrida Ostona iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun kelgan Apple shirkati hamasoschisi Stiv Voznyak bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar raqamlashtirishning alohida masalalari va kriptovalyuta rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.
«Nursulton Nazarboyevning ko‘rsatishicha, emissiya markazlari tomonidan boshqarilmaydigan kriptovalyuta paydo bo‘lishining sababi bir valyutaning dunyodagi ustunligidadir. Shu bilan birga, davlat rahbarining ta’kidlashicha, Qozog‘iston hisob-kitoblarda milliy valyuta bilan birgalikda, boshqa valyutalardan ham foydalanmoqda», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Voznyak, o‘z navbatida, Qozog‘iston prezidentiga forumda ishtirok etish va global muammolar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi. «Valyutalar hech qachon universal bo‘lmagan - simsiz aloqadan farqli o‘laroq. Boshqa tomondan, kriptovalyutaning katta afzalligi shundaki, ular nazorat qilinmaydi, rivojlanishda to‘xtatmaydi va universal hamda global bo‘ladi», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev yoshlardan umidi katta ekani haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi