Jahon banki 2018 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish ko‘rsatkichlari yanvarda prognoz qilingan 5,6 foizdan 5 foizgacha pasayishini prognoz qildi. 6 iyun kuni Jahon bankining O‘zbekistondagi idorasi press-relizida bu haqda so‘z boradi.
Ekspertlar 2019 yilda O‘zbekiston YaIM prognozini ham 6,3 foizdan 5,1 foizgacha tushirdi.
Ushbu raqamlar Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 2018 yildagi 3,2 foiz va 2019 yildagi 3,1 foizlik o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori, deyiladi xabarda.
Mamlakatdagi tuzilmaviy islohotlar, jumladan ayirboshlash kursini liberallashtirish, soliq islohoti, davlat korxonalarining xususiylashtirilishi va bank sektoridagi islohotlar uzoq istiqbolni yaxshilashi kutilmoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2018−2019 yillarda O‘zbekiston YaIM o‘sishini 5 foiz darajasida prognoz qilmoqda.
O‘zbekiston Markaziy banki dekabrda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi yiliga 5,5−6 foiz bo‘lishini prognoz qilgan edi.
Aprelda Osiyo taraqqiyot banki ham 2018 yildagi O‘zbekiston YaIM o‘sish sur’atlarini 2017 yil sentyabrdagi 6,8 foiz o‘rniga 5,5 foizga pasaytirgan edi. 2019 yildagi prognoz ham 7,3 foizdan 5,6 foizga pasaytirilgan.
Jahon banki guruhi bayonnomasida ta’kidlanishicha, jahon iqtisodiyoti umumiy hisobda 3,1 foizga o‘sadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi