O‘tgan haftada so‘m MDH mamlakatlari valyutalari orasida o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchiga aylanib, dollarga nisbatan 4,76%ga mustahkamlandi. Valyutaning ayirboshlash kursi Markaziy bankning kuchli ta’siri ostida bo‘lishiga qaramay, o‘sish uchun sabablar yetarlicha, deb hisoblaydi «Alpari» tahlil departamenti direktori o‘rinbosari Natalya Milchakova.
O‘zbekiston valyutasidan tashqari, Belarus rubli va Rossiya rubli ham dollarga nisbatan qimmatlashdi - mos ravishda 1,28% va 1,2%.
Neftga narxlarning tushib ketishi Rossiya rubli kursiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.
Moldova leyi, Gruziya larisi, Ukraina grivnasi, Armaniston drami dollarga nisbatan qimmatlagan (0,15−0,55%ga). Ozarboyjon manati neytral darajada qoldi.
Qozog‘iston tengesi pasayish bo‘yicha yetakchiga aylandi. Tenge kursiga neftga narxlarning tushib ketishi salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Dushanba, 9 iyul kuni Qozog‘iston Milliy banki foiz stavkasining yangi pasaytirilishidan bosh tortdi, bu Qozog‘iston valyutasi “qulashini” biroz ushlab qolgan.
Qirg‘iziston somi ham dollarga nisbatan arzonlashdi (0,19%). Bunga, katta ehtimol bilan, mamlakatdagi siyosiy inqiroz va ehtimoliy defolt haqidagi mish-mishlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tojikiston somoniysi dollarga nisbatan atigi 0,04%ga arzonladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi