17:44 / 08.11.2018
5 402

Moliya vaziri: "O‘zbekistonda daromad solig‘i deyarli ikki barobar kamayadi"

Moliya vaziri: "O‘zbekistonda daromad solig‘i deyarli ikki barobar kamayadi"
O‘zbekistonda 2019 yildan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i 55 foizdan 24 foizga tushiriladi. Bu haqda moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakili bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Bu holatda 24 foizning yarmini jismoniy shaxsning o‘zi to‘laydi, qolgan yarmini korxona yagona ijtimoiy to‘lov sifatida to‘lab beradi.

Oldinroq ma’lum bo‘lganidek, 2019 yildan boshlab daromad solig‘i yagona 12 foizlik tarif bo‘yicha hisoblanadi. Ayni damda soliq progressiv shkala bo‘yicha hisoblanmoqda.

Bundan tashqari, yangi soliq kodeksini ishlab chiqish uchun dunyoning to‘rtta yirik auditorlik kompaniyasi konsultant vazifasini bajaradi.

Moliya vaziri 2019 yilda O‘zbekiston iqtisodi 5,4 foiz o‘sishini aytib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Moliya vaziri: "O‘zbekistonda daromad solig‘i deyarli ikki barobar kamayadi"