Bloomberg agentligi tomonidan so‘rovdan o‘tkazilgan tahlilchilar fikricha, yaqin besh oyda Amerika valyutasi «qulamaydi». Ularning ta’kidlashicha, 2019 yilda dollar pasayib boradi, bu AQSh iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari sekinlashuvi tufayli yuz beradi, biroq bunday holat 2019 yil birinchi choragi oxiriga qadar kuzatilmaydi.
Tahlilchilarning ishonch bildirishicha, AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) va mehnat bozoridagi yaxshi ko‘rsatkichlar Amerika valyutasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bloomberg dollar indeksi so‘nggi 18 oy ichida eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi va 12 noyabrdagi savdolarda yana 0,6 foizga o‘sdi. Shuning uchun yaqin vaqt ichida dollar o‘ziga qarshi o‘ynovchi treyderlarga bardosh beradi.
«Dollar juda yuqori ko‘rsatkichlarga yaqin. Ammo 6-12 oylik istiqbolda hammasi orqaga aylanib ketishi mumkin», - deya ma’lum qildi Credit Agricole tahlilchisi Valentin Marinov. Uning fikricha, AQSh FZT monetar siyosati dollarni qo‘llab-quvvatlashdagi asosiy omil sanaladi.
Societe Generale mutaxassisi Kit Yukes ham dollar AQSh FZT va bandlikning kuchli ko‘rsatkichlari tufayli qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi. Uning fikriga ko‘ra, AQSh valyutasi bo‘yicha o‘zgarishlar faqat 2019 yilda yuz berishi mumkin. Bank of America tahlilchisi Ben Rendol ham shunday fikrda. Uning aytishicha, AQSh iqtisodiyotidagi o‘sish sur’ati sekinlashishi pasayishning asosiy omili bo‘ladi. Shu bilan birga, uning ishonch bildirishicha, Yevropa muammolari, shuningdek, Brexit, aksincha, Amerika iqtisodiyotiga mustahkamlanib olishga yordam berishi mumkin.
Marinovning ta’kidlashicha, 2019 yil oxiriga kelib yevro dollarga nisbatan hozirgi bir Yevropa valyutasi uchun 1,13 dollardan yevro uchun 1,26 dollargacha mustahkamlanishi mumkin, shu tariqa dollar indeksi 2017 yil oxiridagi o‘z qiymatiga qaytadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi