09:15 / 31.03.2019
3 849

2019 yilgi kartoshka hosili prognoz qilindi

2019 yilgi kartoshka hosili prognoz qilindi
Foto: “Sputnik”
2019 yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori (2019 yil 29 mart, 259-son) qabul qilindi. Bu haqda “Xabar.uz” nashri maʼlum qildi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil uchun respublikada:

- jami 135 ming 641 gektar yerga sabzavot, 60 ming 156 gektar yerga poliz ekinlari joylashtiriladi hamda 2 mln 875 ming 640 tonna sabzavot, 1 mln 59 ming 240 tonna poliz ekinlari yetishtiriladi;

- jami 57 ming 292 gektar bogʻ-tok qatorlari orasida 853 ming 905 tonna sabzavot, dukkakli va poliz ekinlari yetishtiriladi;

- 824 ming 350 gektar gʻalladan boʻshaydigan maydonga takroriy ekin ekiladi va jami 10 mln 448 ming 780 tonna mahsulot, jumladan 789 ming 189 tonna kartoshka yetishtiriladi hamda gʻalladan boʻshaydigan yer uchun jami 4 mlrd 292 mln 707 ming soʻm mablagʻ ajratiladi.

Yuqoridagilarni jamlagan holda 2019 yilda respublikada jami 13 mln 396 ming 437 tonna mahsulot yetishtiriladi va mahsulotlarning 1 mln 858 ming 789 tonnasi eksport qilinadi, 7 mln 784 ming 537 tonnasi ichki isteʼmol uchun moʻljallangan.

Jami mahsulotlarning 1 mln 490 ming 660 tonnasi kartoshka boʻlib, uning 1 mln 56 ming 903 tonnasi ichki isʼtemol uchun ajratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2019 yilgi kartoshka hosili prognoz qilindi