3 186
DSQ yangi Soliq kodeksi kelgusi yil 1 yanvaridan kuchga kirishi mumkinligini ma’lum qildi
O‘zbekistonning yangi Soliq kodeksi kelgusi yildan ishlay boshlashi kerak, dedi davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Aziz Umirzaqov.
«Soliq kodeksi 1 yanvardan kuchga kirishini kutish mumkin. Yangi me’yorlar kelgusi yildan ishlay boshlashi uchun bor imkoniyatni ishga solamiz. Islohotlar borasida tajribaga egamiz, o‘z xato va ustunliklarimizni bilamiz. Bularning barini yangi kodeksda aks ettirdik. Soliq tizimini maqbullashtirish jarayonini cho‘zmaslik uchun uni kelgusi yildan joriy etishimiz lozim», – dedi Umirzaqov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat «yaqin vaqt ichida» muhokamaga qo‘yiladi, hozirda uni muvofiqlashtirish jarayon kechmoqda.
Eslatib o‘tamiz, soliq tizimini takomillashtirish konsepsiyasiga ko‘ra, yangi kodeks 2019 yil 1 yanvardan kuchga kirishi lozim edi. Biroq muddat ortga surildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi