2 833
Rossiya O‘zbekistonning soliq tizimini takomillashtirish uchun 8 mln dollar sarflaydi
Rossiyaning Federal soliq xizmati O‘zbekistonning soliq tizimini takomillashtirish uchun 515 mln rubl (8 mln dollardan ko‘proq) sarflaydi. Bu haqda The Insider nashriga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
Rossiyaning davlat xaridlari portalidagi bu bilan bog‘liq tenderga “GosZatrati” birlashmasi birinchi bo‘lib e’tibor qaratgan.
Rossiya O‘zbekistonga “soliq ma’murchiligi tizimini rivojlantirish, jumladan mol-mulkka soliq solishni takomillashtirish va soliq to‘lovchilar bilan ishlash tizimini yaratish maqsadida” O‘zbekistonga bepul texnik yordam ko‘rsatadi.
Rossiya davlat mulkini boshqarish federal agentligiga tegishli “Glavniy Nauchno-Issledovatelskiy Vichislitelnыy Sentr” AJ loyihaning yagona ijrochisi bo‘lgan.
Avvalroq Federal soliq xizmati Mixail Mishustin O‘zbekiston va Rossiya soliq tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihani boshlayotganini ma’lum qilgan. Mishustin o‘shanda beg‘araz yordam ko‘rsatilishi haqida so‘z ochmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”