Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida uchinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jumladan, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda «Air Products», «CNH Industrial» va «Silverleaf» kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Amerika tadbirkorlarining O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirish, moliyaviy instrument va mexanizmlarni rivojlantirish borasidagi ilg‘or tajribani joriy etish hamda turli tarmoqlarda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalari muhokama qilindi.
Joriy yilda Toshkent shahrida AQSHning peshqadam kompaniya va banklari ishtirokida biznes forumini o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Xitoyning «CAMCE» korporatsiyasi raisi Van Bo bilan Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasi qurilishi hamda energetika, sanoat va infratuzilma sohalaridagi loyihalar portfelini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
«Goldwind» kompaniyasi raisi Sao Chjigan bilan O‘zbekistonda «yashil» energetikani rivojlantirishdagi ishtiroki istiqbollari ko‘rib chiqildi. Kompaniya shamol energetikasi texnologiyalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Shamol elektr stansiyalari qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va joriy loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.
«China Southern Power Grid» bilan Buxoro viloyatida shamol elektr stansiyalari, butun mamlakat bo‘ylab gidroakkumulyatsiya stansiyalari va yuqori kuchlanishli liniyalar qurish loyihalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda elektr hisoblagichlar ishlab chiqarish bo‘yicha «Holley Group» kompaniyasi muvaffaqiyatli ishlayotgani qayd etildi. Toshkent viloyatida texnopark qurish va unga Xitoyning yirik kompaniyalarini jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, «Suez» kompaniyasi raisi va bosh direktori Sabrina Sussan, «Arsenale Group» kompaniyasi bosh direktori Paolo Barletta, «Airbus» korporatsiyasining Yevropa bo‘yicha prezidenti Yoxan Pelisye hamda «Linde» kompaniyasining Yevropa va Yaqin Sharq bo‘yicha prezidenti Oliver Pfann bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Investitsiyaviy va innovatsiyaviy sheriklik, suv ta’minoti, fuqarolik aviatsiyasi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, turizm va boshqa sohalarda aniq loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Srechko Katanes: "90 daqiqa bir xil o‘ynaydigan jamoalarni topish qiyin bo‘lsa kerak"
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi