19:28 / 02.05.2024
178

2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi

2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
«2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024 y.) qabul qilingandi.

Farmonga ko‘ra, dastur doirasida subsidiyalar to‘lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi:

- subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024 yilning 15 mayidan 1 noyabriga qadar qabul qilinadi;

- 2024 yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025 yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi;

- birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024 yilgi Dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi