Yaqin kelajakda dollar jahon rezerv valyutasi maqomini yo‘qotishi mumkin, bu esa uning zaiflashishiga olib keladi. JP Morgan Chase investitsion banki analitigi Kreyg Koen ana shunday fikrni aytdi.
Dollarning o‘z maqomini yo‘qotishiga jahondagi iqtisodiy o‘sishning Osiyoga ko‘chgani sabab bo‘ladi.
«Xitoy muntazam o‘sish va ichki islohotlar tufayli bu iqtisodiy siljishning markazida turibdi», — dedi Koen.
Jahondagi yetakchi valyutalarning almashib turishi tabiiy jarayondir. Ikkinchi jahon urushiga qadar Britaniya funti rezerv valyuta hisoblangan, deya ta’kidladi Koen.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp dollarni zaiflashtirishni o‘ylagandi. Valyutaning arzonlashishi Amerika iqtisodiyoti rivojlanishiga turtki berishi mumkin. Ammo bu dollarning jahon rezerv valyutasi maqomini xavf ostiga qo‘yishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi