2 499
Soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qiluvchi yagona axborot platformasi ishlab chiqiladi
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
Davlat soliq qo‘mitasida “Huawei” kompaniyasi bosh direktori Lyu Szyasin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, unda O‘zbekiston soliq tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish va davlat soliq xizmati organlari uchun yagona axborot platformasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilingan.
Uchrashuvda Lyu Szyasin O‘zbekistondagi kabi keng ko‘lamli soliq islohotlari o‘z vaqtida Xitoyda ham amalga oshirilganligi, bunda sohani tartibga solish va optimallashtirishga alohida e’tibor qaratilganligi, yagona axborot platformasi soliq qonunchiligiga rioya etilishida samarali asos bo‘lib xizmat qilganligini qayd etib o‘tdi.
1994 yilda “Huawei” va uning hamkori “CEIEC” kompaniyalari tomonidan Xitoyda “Golden tax” (“Oltin soliq”) axborot platformasi ishlab chiqilgan. Mazkur tizim sohani axborotlashtirish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarning iste’molchigacha bo‘lgan harakatini hamda ushbu jarayonda to‘lovlarning amalga oshirilishini har bir ishtirokchi kesimida nazorat qilish imkonini beradi.
Uchrashuvda aynan Xitoyda soliq tizimini raqamlashtirishga oid tajribasi bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida “Huawei” kompaniyasi vakillari va Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati o‘rtasida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi. Xususan, o‘zbekistonlik mutaxassislar Xitoyga tashrif buyurib, “Golden Tax” tajribasini yaqindan o‘rganishi, o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishi rejalashtirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?