20:09 / 09.10.2019
3 042

Xronometraj natijasida kunlik tushum o‘rtacha 10,7 mlrd. so‘mga oshdi

Xronometraj natijasida kunlik tushum o‘rtacha 10,7 mlrd. so‘mga oshdi
Bugun O‘zbekistonni tom ma’noda tadbirkorlar yurtiga aylanmoqda, deyish mumkin. Bunga asoslarimiz ham yetarli. Zero, Prezidentimiz tashabbusi bilan tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar birin ketin hal etilib, emin-erkin faoliyat yuritishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Masalan, yaqin-yaqingacha tadbirkorlar bankka topshirgan naqd pulini bir necha kunlab qaytarib ololmasdi. Bugungi kunda ushbu muammo to‘liq hal etildi. Biroq, yaratilayotgan imkoniyatlarga qaramasdan ba’zi tadbirkorlar hamon naqd pul tushumlarini bank kassasiga emas, kissaga urishga harakat qilmoqda.

Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilayotgan xronometraj ko‘zdan kechirish tadbirlari davomida bu kabi soliq to‘lashdan o‘ziga xos usulda «aylanib o‘tish» holatlarining oldi olinmoqda.

Chakana savdo ob’ektlari eng ko‘p naqd pul tushumlarini yashirmoqda
Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p naqd pul tushumlarini yashirish holati chakana savdo ob’ektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan, poytaxtimizning Qatortol savdo kompleksida faoliyat yuritayotgan 17 ta tadbirkorlik sub’ektida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish tadbirlari davomida bir kunlik tushum 112 million 500 ming so‘mni tashkil etib, oldingi kunlarga nisbatan 3 baravarga oshdi.

Jumladan, ushbu hududda savdo faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor O.Salimovning (ism familiyalar o‘zgartirilgan) do‘koni xaridorlar bilan gavjum. Ammo, kun yakunida savdodan tushadigan naqd pullarning cho‘g‘i kam. Ya’ni, davlat soliq xizmati organlari tomonidan xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazilishidan avval bank kassasiga 5 million 162 ming so‘m topshirilgan. Xronometraj davomida esa, 15 million 677 ming so‘m tushum amalga oshirilib, bir kun oldingiga nisbatan o‘rtacha 10 million 515 ming so‘mga oshdi.

Shu o‘rinda raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, joriy yilning o‘tgan davrida 3997 ta ob’ektda xronometraj ko‘zdan kechirish tadbirlari o‘tkazildi. Natijada tushumlar miqdori oldingi kunlardagi o‘rtacha bir kunlik tushumga nisbatan 10 milliard 700 million so‘mga oshdi.
Jumladan,
– savdo ob’ektlarida 6 milliard 311 million 600 ming so‘mga;
– umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 2 milliard 554 million 600 ming so‘mga;
– xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida 387 million 500 ming so‘mga;
– dorixonalarda 982 million 100 ming so‘mga;
– avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 229 million 400 ming so‘mga;
– tibbiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida 84 million 400 ming so‘mga oshgan.
Xronometraj tadbirlari davomida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda 4461 fuqaro norasmiy ravishda yollanib ishlayotgani aniqlanib, ular faoliyati qonuniylashtirildi.

Joriy yilning sentyabr oyida poytaxtimizning “O‘rikzor” savdo kompleksida faoliyat yuritayotgan 93 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyatida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish tadbirlarida kundalik tushumlar 667 million 300 ming so‘mni tashkil etib, oldingi kunlardagi o‘rtacha bir kunlik tushumga nisbatan 2 baravarga oshdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari arzonligi bilan nom qozongan mazkur bozordagi A.Abdumalikovga (ism familiyalar o‘zgartirilgan) qarashli savdo do‘konida xronometraj ko‘zdan kechirish tadbirlari o‘tkazilishidan avval tadbirkor tomonidan bank kassasiga o‘rtacha 3 million 777 ming so‘m topshirilgan. Xronometraj davomida esa, o‘rtacha kunlik tushum 33 million 347 ming so‘mni tashkil etib, bir kun oldingiga nisbatan o‘rtacha 29 million 570 ming so‘mga oshgan.

Eng ko‘p norasmiy ravishda ishga yollash holatlari umumiy ovqatlanish shoxobchalarida kuzatilmoqda
Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilayotgan xronometraj tadbirlari davomida fuqarolarni norasmiy ravishda ishga yollash holatlari ham kuzatilmoqda. Bu kabi «noodatiy» usul ko‘proq umumiy ovqatlanish shoxobchalari tomonidan qo‘llanilayotganini aytish kerak. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida poytaxtimizdagi 865 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida 2893 nafar fuqaro norasmiy ravishda yollanib ishlayotgani aniqlandi.

Hurmatli poytaxtimiz fuqarolari!
Sizga berilmagan har bir xarid cheki ortida to‘lanmagan soliqlar mavjud. Shunday ekan, xarid cheki olishni unutmang! Zero, Siz xarid chekini talab qilish orqali, savdodan tushgan yirik miqdordagi naqd pullar bankka topshirilishi va soliqlarning o‘z vaqtida to‘lanishiga hamda poytaxtimizning yanada gullab-yashnashiga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
Toshkent shahar DSB matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xronometraj natijasida kunlik tushum o‘rtacha 10,7 mlrd. so‘mga oshdi