Oliy Majlisi Senatining 25-yalpi majlisida senatorlar ishni “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni ko‘rib chiqishdan boshladi.
Ta’kidlanganidek, Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini yangi tahrirda qabul qilish nazarda tutilmoqda. Kodeks O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida” 2018 yil 29 iyundagi Farmonini ijro etish uchun ishlab chiqildi.
Soliq kodeksida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, aylanmadan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa’ridan foydalanishga oid soliqqa oid normalar, shuningdek, ularni hisoblash tartibi va ularni to‘lash muddatlari belgilanmoqda va ochib berilmoqda.
Nazorat qilish tartib-taomillarini soddalashtirish va soliq tekshiruvlari turlarini kamaytirish nazarda tutilmoqda. Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra kelgusi yildan soliq turlari 13 dan 9 gacha qisqartirilmoqda. Xususan, yagona yer solig‘i, davlat boji, bojxona to‘lovlari va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq turlari bekor qilinmoqda.
Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarni 42 ta mezon asosida 3 segmentga, ya’ni, “vijdonli”, “shubhali” va “muntazam huquqbuzarlar”ga ajratgan holda ular bilan faoliyat tashkil etish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Amalda bo‘lgan soliq qarzini debitor qarzdorlik hisobidan undirish tartibidan voz kechilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi