Afg‘onistonda 60 yoshli erkak 6 yoshli qizchaga uylandi

  • 04 avgust 2016, 01:12
  • 21 140
  • Jamiyat
  • Afg‘onistonda 60 yoshli erkak 6 yoshli qizchaga uylandi

    Afg‘onistonning markaziy viloyatlaridan biri Gorda polisiya Muhammad Karim ismli keksa yoshdagi musulmon ulamosini hibsga oldi. Bunga uning olti yoshli qizchaga uylangani sabab bo‘lgan. Bu haqda “Mignews”ga asoslanib “Qalampir.uz” xabar berdi.

    60 yoshli Karimning so‘zlariga ko‘ra, qizchaning ota-onasi uni diniy xususiyatga ega xizmat uchun tuhfa etgan. Ammo kelinning oilasi bundan hayratga tushgan va ularning farzandi o‘z qishlog‘idan o‘g‘irlab ketilganini aytishgan.

    “Qiz bola bu haqda gapirmayotgan bo‘lsada, Karimdan juda qo‘rqishini takrorlamoqda”, deydi ayollar bo‘yicha mahalliy departament rahbari Masun Anvari.

    Ma’lumotlarga qaraganda, keksa yoshdagi pedofil qamoqqa olingan va tergov qilinmoqda.

    Afg‘oniston huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qiz bolalarga 16 yoshdan turmushga chiqishga ruxsat berilgan bo‘lsada, 50 yoshgacha bo‘lgan ayollarning 15 foizi 15 yoshga to‘lmasdan oila qurgan.

    Afg‘onistonda hukumat bolalar nikohiga qarshi rasman urush e’lon qilgan bo‘lsada, OAV orqali tez-tez kichkina qizlarga uylanish holatlari kuzatiladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Afg‘onistonda 60 yoshli erkak 6 yoshli qizchaga uylandi