O‘zbekistonda Jahon bankining tabiiy ofatlarga tayyorgarlik va mustahkamlikni oshirish dasturi ishga tushdi, deb xabar bermoqda "gazeta.uz" nashri.
Jahon banki (JB) Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magi bilan O‘zbekistonda tabiiy ofatlarga mustahkamlikni oshirish bo‘yicha maxsus dasturni ishga tushirdi. Toshkentda seshanba kuni favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Aripov, , Yaponiya elchisi Nobuaki Ito, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b. Yan-Peter Olters, JBning tabiiy ofatlar xavfini boshqarish yo‘nalishidagi Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha mutaxassisi Ko Takeuchi ishtirokida dastur ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
«Loyiha maqsadi — O‘zbekistonning seysmik xavflarni kamaytirish, favqulodda vaziyatlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish, ofatlar oqibatidagi moliyaviy zararlarni baholash bo‘yicha salohiyatni mustahkamlashda respublika hukumatiga ko‘maklashishdan iborat», — dedi Ko Takeuchi. Yaponiya hukumati dasturni amalga oshirishga 1,25 mln AQSh dollarini ajratdi.
Dasturning asosiy koordinatori — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirlik va idoralar tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston seysmik faol hududda joylashgan bo‘lib, tabiiy ofatlarga tayyorgarlik masalasi hukumat uchun mamlakatni rivojlantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi