26 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambaev telefon orqali suhbatlashishdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidentining rasmiy saytida xabar berilgan, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Almazbek Atambaev O‘zbekiston hukumati ikki tomonlama hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratgani, ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash chora-tadbirlarini olib borgani uchun Shavkat Mirziyoyevga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shuningdek, qardosh xalqning tinchligi mustahkam bo‘lishi va rivojlanishiga tilakdosh ekanini aytib o‘tdi.
Shu kuni Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambaev qator davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimi chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning mamlakat rahbari etib saylanishiga umid qilayotganini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi