Buyuk Britaniyaning Vustershir grafligidagi Storport-on-Severn shahrida yashovchi egizak opa singillar o‘zlarining bir asrlik tavallud ayyomlarini nishonlashdi va uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Ular uzoq umr ko‘rishning asosiy sababi sog‘lom ovqatlanish tartibiga rioya etish va mehnatsevarlik ekanligini ta’kidlashdi.
Iren Kramp (Irene Crump) va Fillis Djons (Phyllis Jones) 25 daqiqalik farq bilan dunyoga kelishgan. Ular 20 noyabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlashdi va bir asrdan beri bir-biridan ayro yashamaganliklarini ma’lum qildi. Egizaklar bitta maktabda o‘qishgan, bitta korxonada mehnat qilishgan, bir joyda yashashgan va hech qachon bir-biridan uzoqda yashamagan. Hozirda ularga Jonsning 58 yoshli Karl ismli o‘g‘li g‘amxo‘rlik qiladi.
Iren va Fillis Buyuk Britaniyada yuz yoshga kirgan 6 juft egizaklardan biri hisoblanadi. Ularning Doroti ismli opasi ham bo‘lgan, u 2006 yilda 92 yoshda vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi