6 472
Shvarsenegger Trampning prezidentlik bilan birga prodyuserlik qilish fikrini qo‘llab-quvvatladi
Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger AQShning yangi prezidenti Donald Trampning NBC kanalida namoyish etiladigan The Celebrity Apprentice realiti-shousida ijrochi prodyuser vazifasini bajarishini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Ko‘rsatuvda Arnold Shvarseneggerning o‘zi boshlovchilik qiladi.
Ilgari Tramp prezident bo‘lib saylanganiga qaramay, realiti-shouning ijrochi prodyuseri vazifasida qolishi haqida xabar berilgandi. Tramp 2004 yildan beri mazkur ko‘rsatuvning ijrochi prodyuseri va boshlovchisi vazifasini bajarib kelgan. Shouning reytingi yuqori bo‘lib, uch marotaba “Emmy” mukofotini qo‘lga kiritgan.
Shvarsenegger buni “shunchaki biznes” deb atadi, chunki uning o‘zi ham Kaliforniya shtati gubernatori vazifasida ishlayotganda “Terminator” filmi uchun gonorar olgan. U Trampning o‘rniga boshlovchilik qilish gardaniga “yuksak mas’uliyat” yuklashini ma’lum qildi.
Oktyabr oyida Shvarsenegger respublikachilar tomonidan prezidentlikka nomzodi qo‘yilgan Donald Trampni saylovda qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi