Joriy yilning 21 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi o‘tkazish masalasi muhokama qilingan edi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
27 yanvar kuni Termizda Surxondaryo viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati hokimi, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Erkinjon Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.
Shu kuni Jizzax viloyatida ham Xalq deputatlari Jizzax viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Jizzax viloyati hokimi, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi Ulug‘bek Uzakov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.
Kuni kecha Markaziy saylov komissiyasida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda 27 yanvar kuni Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan majlislar bayonnomalariga asosan Ulug‘bek Uzakov va Erkinjon Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari etib ro‘yxatga olindi.
Shuningdek, majlisda ayrim senatorlarning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish hamda Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan Komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi