Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2016 yilda O‘zbekiston poytaxtida Islom, Sofya, Imron, Imona va Farzona ismlari eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘ldi, deb yozadi Sof.uz sayti.
Egizaklarga esa an’anaviy Hasan-Husan, Fotima- Zuhra ismlari qo‘yilgan.
Toshkent shahar adliya boshqarmasining ma’lumotiga qaraganda, Toshkent shahrida 19 mingga yaqin nikoh qayd qilingan. 2016 yilda 49881 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu 2015 yildagiga nisbatan mingtaga ko‘pdir.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatdagi demografik holat bo‘yicha hisobot e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, respublika aholisi 2016 yilda 401,8 ming kishiga ko‘paygan va 32,121 million nafarni tashkil etgan.
O‘tgan yil davomida 726,8 ming bola dunyoga kelgan. Toshkent va Navoiy viloyatlarida tug‘ilish koeffisienti sezilarli oshgani qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi