17:23 / 06.02.2017
7 812

O‘zbekistonda qaysi tashkilotda ishlayotgan pensionerlarga pensiyalari to‘liq to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qaysi tashkilotda ishlayotgan pensionerlarga pensiyalari to‘liq to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi) yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi shaklida tashkil etiladi. Bu haqda Qalampir.uz sayti yozmoqda.

Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining (keyingi o‘rinlarda “Mahalla” fondi deb ataladi) tegishincha respublika boshqaruvi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari, tumanlar va shaharlar bo‘linmalariga raislik qiladilar.

Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari, shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlarini joriy etiladi.

Qarorga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimini kiritiladi.

Ahamiyatlisi shundaki, Respublika kengashi, hududiy kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari lavozimlarida ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘la miqdorda to‘lash, bunda pensiyalarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan qoplash tartibi joriy etiladi.

Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari maqomi, maishiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish borasidagi shart-sharoitlariga ko‘ra – vazirga, Respublika kengashi raisining o‘rinbosari – vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qaysi tashkilotda ishlayotgan pensionerlarga pensiyalari to‘liq to‘lanishi ma’lum bo‘ldi