21:36 / 08.02.2017
9 252

Arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida yana 74 oila yangi uyli bo‘ldi

Arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida yana 74 oila yangi uyli bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Chamanzor mahallasida 74 oila zamonaviy uylarga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.

Barcha qulayliklarga ega bu xonadonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun mo‘ljallangan kichik er maydoni ham bor. 10 ta bir qavatli va 32 ta ikki qavatli uy asosan yosh oilalarga berildi.

“Ochig‘i, qisqa fursatda o‘z uyimiz bo‘ladi, deb sira o‘ylamagan edik. Sababi, o‘zimiz uy qurib olishimiz uchun yillar kerak bo‘lar edi. Bugun esa davlatimiz tomonidan bizga berilgan imtiyoz orqali niyatimiz amalga oshdi”, deydi yangi xonadon sohiblaridan Qudrat Eshjonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida yana 74 oila yangi uyli bo‘ldi