Bugun, 10 fevral kuni Dushanbedan Toshkentga texnik reys amalga oshirildi. Delegasiya tarkibi orasida Tojikiston avia sanoati rahbarlari bilan bir qatorda 20 nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham Toshkentga uchib kelishdi. Bu haqda “RIA Novosti”ga asoslanib Qalampir.uz ma’lum qildi.
“Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishida aviaparvozning qayta tiklanishini O‘zbekiston va Tojikiston aholisi 25 yil kutgan edi. Ikki davlat rahbarlarining o‘zaro kelishuvi asosida bu aviaparvoz harakati tiklandi”, deydi Tomas Xalam.
“Somon Air” aviakompaniyasining Toshkentga uchadigan aviareysi 20 fevraldan muntazam ravishda amalga oshirilishi kutilmoqda. Yoz mavsumi boshlangunga qadar Dushanbedan haftaning har dushanba kuni Toshkentga parvoz qilish mumkin bo‘ladi. Mart oyi oxiridan reyslar sonini yana bittaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaparvoz 1992 yilda to‘xtatib qo‘yilgan edi. Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi samolyotlar harakatini tiklash haqida 2016 yil noyabr oyida kelishuv imzolangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi