15:53 / 10.02.2017
6 657

O‘zbekistondagi 2300 ta mahallada yashovchi 2.5 milliondan ortiq iste’molchining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanadi

O‘zbekistondagi  2300 ta mahallada yashovchi 2.5 milliondan ortiq iste’molchining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanadi

Iste’molchilarni mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, “O‘zbekenergo” AJning Investisiya dasturlari asosida yangidan qurilayotgan “Talimarjon IES” UKda 450 MVt quvvatli va “Toshkent IES” UKda 370 MVt quvvatli bug‘-gaz qurilmalari to‘liq quvvatlarda ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Ro‘ziqul Rayimov Kun.uz bilan o‘tkazilgan suhbatda aytib o‘tdi.

- Viloyatlardagi tumanlarning elektr ta’minotidagi holati qachon yaxshilanadi? Shunga oid qanday chora-tadbirlar olib borilmoqda?

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi PQ-2661-sonli “2017-2021 yillarda past kuchlanish tarmoqlarni modernizasiya va yangilash hisobiga respublika shahar va qishloq aholisini elektr energiyasidan foydalanishini yaxshilash Dasturi” qarori doirasida 2017-2021 yillarda 34 023 km. elektr uzatish tarmog‘i va 6931 dona transformator punktlarini yangilash va rekonstruksiya qilish natijasida respublikamizdagi 2300 ta mahallada yashovchi 2.5 milliondan ortiq iste’molchining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanadi, elektr energiyasini uzatish va taqsimlashda yo‘qotishlarni kamaytirish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 245-sonli Qarorining 7-bandida, “Iste’molchi o‘ziga tegishli elektr tarmoqlariga, ruxsat etilgan quvvat miqdori darajasida kuchlanishi 1000 Voltgacha bo‘lgan qo‘shimcha elektr qurilmalarini ulashi mumkin (elektr energiyasini isitish va issiq suv ta’minoti uchun qo‘llanishidan tashqari)”, deb belgilab qo‘yilganligiga qaramasdan elektr energiyasidan isitish va issiq suv ta’minoti uchun nooqilona foydalanishlari oqibatida elektr energiyasiga bo‘lgan talab keskin oshib ketmoqda, - dedi Ro‘ziqul Rayimov. - Natijada zo‘riqish holatlari energetika tizimini tang ahvolga olib kelmoqda va energetika tizimida quvvat tanqisligi vaqtlarida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan cheklov jadvallari qo‘llanilmoqda.

- Elektr ta’minotidagi to‘lovlarni o‘z vaqtida va hattoki bir-ikki oy oldindan to‘lab qo‘yayotgan fuqaroning xonadonida elektr ta’minotining uzilishini qanday izohlash mumkin? Qarzdorlarning yoki elektr energiyasidan noqonuniy foydalanyotganlarning xonadonlaridagi elektr ta’minotini alohida uzib qo‘yishning texnik tomonidan iloji bormi?

- Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUEE) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 2 avgustdagi 1795-sonli, 2013 yil 20 maydagi 1969-sonli, 2014 yil 2 maydagi 2171-sonli va 2016 yil 17 iyundagi 2548-sonli Qarorlariga asosan Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida va Jizzax viloyatining Yangiobod tumanlarida elektr energiyasi hisobini yuritishini nazorat qilish (ASKUEE) tizimi loyihasi sinov tariqasida amalga oshirish reja asosida bajarilmoqda. Buning natijasida foydalanilgan elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud iste’molchilar tarmoqdan avtomatik tarzda o‘chiriladi va elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan iste’molchilarga bir me’yorda mustahkam elektr energiyasi etkazib berish ta’minlanadi.

- Har bir xonadonda, har bir shahar yoki tumanga va nihoyat har bir viloyatga limit ajratiladi, degan gaplarni qanday izohlaysiz va bu haqiqatga qanchalik yaqin?

- Hududiy-elektr tarmoq korxonalari bo‘yicha elektr energiyasi iste’mol rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi”ga ko‘ra taqsimlangan.

- “O‘zbekenergo” AJning joylardagi korxonalarida ishlovchi rahbarlar, xodimlar o‘z vazifalarini vijdonan ado etishmayapti yoki puxta bilishmaydi. Bularga nisbatan biror choralar ko‘riladimi?

- “O‘zbekenergo” AJ tomonidan joylarda ushbu holatlar aniqlangan taqdirda mas’ul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularni malakasini oshirish bo‘yicha o‘qitish va xodimlarni bilim sinovlaridan (attestasiya) o‘tkazish ishlari doimiy ravishda amalga oshirib borilmoqda, deb ta’kidlab o‘tdi suhbat davomida Ro‘ziqul Rayimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi 2300 ta mahallada yashovchi 2.5 milliondan ortiq iste’molchining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanadi