O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinni qabul qildi. Bu haqda Qalampir yozmoqda.
Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatlarimizning zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro hamkorligi yuksak darajada ekanini alohida ta’kidladi.
Suhbat chog‘ida ekstremizm, terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sergey Narishkin qabul uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi va Prezident Vladimir Putinning ezgu tilaklarini etkazdi.
Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori davlatlarimiz xavfsizligini ta’minlash borasidagi dolzarb vazifalarni bajarishdagi o‘zaro hamkorlik darajasini yuqori baholadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?