15:31 / 24.03.2017
5 873

Sirdaryoda hokim o‘rinbosarlariga “Neksiya” mashinalari topshirildi

Sirdaryoda hokim o‘rinbosarlariga “Neksiya” mashinalari topshirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida ijtimoiy masalalarni rivojlantirishga katta o‘rin berilgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Bu barcha shahar va tumanlar hokimlarining ijtimoiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi o‘rinbosarlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shu munosabat bilan faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xizmat mashinalari ajratildi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari doirasida tumanlar va shaharlar hokimlarining ijtimoiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi o‘rinbosarlariga “Neksiya” xizmat mashinalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzaev xizmat mashinalari kalitlarini tantanali ravishda topshirar ekan, soha mutaxassislari ishlariga rivoj va omad tilagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda hokim o‘rinbosarlariga “Neksiya” mashinalari topshirildi