17:02 / 04.04.2017
7 292

Peterburgdagi portlash oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jabrlangani xabar qilindi

Peterburgdagi portlash oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jabrlangani xabar qilindi
Sankt-Peterburg metrosida ro‘y bergan portlash oqibatida 3 nafar xorijlik - Belarus, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ham jarohatlangan. Bu haqda TASS agentligiga tayanib UZ24 xabar qildi.

Jabrlanganlarning to‘liq ro‘yxati Rossiyaning FVV saytida e’lon qilindi. Shuningdek, Rossiyaning 17 hududida yashovchi fuqarolar jabrlangan. Ular hozirda Peterburgdagi kasalxonalarda ekani aytilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Peterburgdagi portlash oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jabrlangani xabar qilindi