Ma’lumki, xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati idoralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika miqyosidagi boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlangan edi.
Ushbu ro‘yxatga Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Konstitusiyaviy sud, Oliy va Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Markaziy bank, vazirlik va davlat qo‘mitalari, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari singari 59 tashkilot va kompaniyalar kiritilgandi.
Hukumatning 5 apreldagi qaroriga binoan mazkur ro‘yxatga yana bir tashkilot nomi qo‘shildi, deb xabar berdi Norma.uzga asoslanib "Qalampir.uz". Endi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o‘z xodimlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi