Bugun, 19 aprel kuni Moskvadan Farg‘onaga uchayotgan samolyot Samara shahridagi Kurumoch aeroportiga shoshilinch qo‘ndi, deb yozadi Qalampir.uz.
Kuybishev transport prokurori yordamchisi Maksim Voroshilovning xabar berishicha, samolyotdagi yo‘lovchilardan biri O‘zbekiston fuqarosi 37 yoshli homilador ayolning vaqtdan oldin to‘lg‘oq dardi tutgan.
Ayolni reysdan tushirib, Samara klinikalaridan biriga jo‘natishga to‘g‘ri kelgan. Samolyot Farg‘onaga uchib ketgan.
Shifoxonada ayolga tez yordam ko‘rsatilgan, hali bola tug‘ilgani yo‘q, deyiladi xabarda.
Avvalroq Konakridan Istanbul shahriga uchayotgan Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 samolyoti bortida chaqaloq dunyoga kelgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi