Migrasiya agentligi: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mehnat migrasiyasiga oid bitim imzolandi

  • 21 aprel 2017, 21:53
  • 7 902
  • Jamiyat
  • Migrasiya agentligi: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mehnat migrasiyasiga oid bitim imzolandi
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi doirasida ko‘plab davlatlararo va hukumatlararo bitim va shartnomalar imzolandi. Ularning biri “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federasiyasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federasiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish to‘g‘risida”gi Bitimdir.

    O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi hukumatlari mazkur Bitimni imzolar ekan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida 1992 yil 30 maydagi Shartnoma, O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risida 2004 yil 16 iyundagi Shartnoma, hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida 1994 yil 15 aprelda imzolangan mehnatkash-migrantlarni ijtimoiy himoya qilish va mehnat migrasiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federasiyasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi mehnatkash-migrantlari-fuqarolarining va Rossiya Federasiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi mehnatkash-migrantlari-fuqarolarining mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida 2007 yil 4 iyuldagi Bitimga asoslandilar.

    Sir emas, anchadan buyon ishchi kuchi harakatlanishi jarayonlarini tartibga solish va huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish zaruriyati mavjud edi. Rossiya Federasiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnatkash-migrantlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi zarur edi.

    Bitim Rossiya Federasiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish bo‘yicha Tomonlar hamkorligining tartibi va shartlarini belgilab beradi.

    Bitimni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organlar quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi uchun – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik); O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Rossiya Federasiyasi uchun – Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi; Rossiya Federasiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi; Mehnat va bandlik bo‘yicha Federal xizmat; Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federasiyasi Ta’lim va fan vazirligi; Rossiya Federasiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

    Mehnatkash-migrantlarni tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilishni amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida Rossiya Federasiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi, Mehnat va bandlik bo‘yicha Federal xizmat Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda: ishchilarga extiyoji bo‘lgan Rossiya ish beruvchilari, bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlar, ish xususiyati, ish haqi, ish rejimi, ta’lim, kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar, ish stajiga bo‘lgan malaka talablari, ish beruvchi tomonidan chet ellik ishchiga taqdim etiladigan qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar to‘g‘risida axborotni axborot-tahliliy tizimda joylashtirish bo‘yicha faoliyatni tashkillashtiradi; mehnat qonunchiligi va mehnat huquqi normalari mavjud bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

    Kompleks imtihonlar o‘tkazish va tegishli sertifikat berish maqsadida Rossiya Federasiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun kompleks imtihonlar o‘tkazuvchi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari bilan bitimlar tuzishlari mumkin.

    Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi o‘z hududiy organlarining mehnatkash-migrantlarga Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlariga muvofiq ruxsatnoma rasmiylashtirish va berish bo‘yicha faoliyatini tashkillashtiradi hamda migrasiya sohasida federal davlat nazoratini amalga oshiradi.

    O‘zbekiston Republikasi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari Agentligi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federasiyasida mehnatkash-migrantlarni tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish tartibida ishga joylashtirish imkoniyatlari haqida xabardor qilinishini amalga oshiradi; tegishli malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan nomzodlar tanlovini amalga oshiradi; Rossiya Federasiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlariga muvofiq kompleks imtihonlar o‘tkazuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federasiyasi Ta’lim va fan vazirligi kompleks imtihonlarni topshirish bo‘yicha tavsiya etgan o‘quv-uslubiy materiallarga muvofiq o‘qitadi; ishga joylashtirishga nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkillashtiradi; ish beruvchilar bilan talab etilayotgan malaka va tajribaga ega bo‘lgan nomzodlarni, shuningdek mehnat shartnomalari loyihalarini kelishadi; shuningdek, mehnatkash-migrantlarning tashkiliy jalb etish tartibida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga qadar etib borishini tashkillashtiradi.

    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ishga joylashtirishga nomzodlarda ruxsatnoma (patent) olishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar mavjud bo‘lishi holatlarining oldini olish maqsadida ularning sog‘lig‘i holati nazoratini amalga oshiradi.

    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishga joylashtirishga nomzodlarni ularning xalqaro yoki davlatlararo qidiruvda ekanligi, shuningdek chiqishiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa sabablar; O‘zbekiston Respublikasi hududida Rossiya Federasiyasi hududida ham jinoyat deb tan olinadigan jinoyati uchun tugallanmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligining mavjudligi bo‘yicha tekshiradi.

    Ish beruvchi bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlar, shu jumladan ish haqi, ish rejimi, ta’lim, kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar, ish stajiga bo‘lgan malaka talablari, ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar to‘g‘risida axborotni axborot-tahliliy tizimda Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtiradi.

    Ish beruvchining mehnatkash-migrantlarni tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilishda ishtirok etishining majburiy shartlari zaruriy sanitariya-gigiena va boshqa me’yorlarga muvofiq yashash joylari, mehnatning xavfsiz shartlari va mehnatni qo‘riqlash, shuningdek ish joylarida texnika xavfsizligini ta’minlash; Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam darajadan kam bo‘lmagan kafolatlangan mehnat haqi berishdir.

    O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish uchun ish beruvchi jo‘natuvchi tashkilot bilan tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Ish beruvchi va mehnatkash-migrant Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlariga rioya qilishlari lozim. Mehnatkash-migrantlar Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlari va mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq dam olish huquqiga ega. Mehnatkash-migrantlar ish beruvchi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasining rasmiy bayram kunlarida mehnat faoliyatidan ozod qilinishlari mumkin.

    Mehnatkash-migrantlarning Rossiya Federasiyasi hududidagi tibbiy ta’minoti Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlari va Tomonlar davlatlari ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mehnatkash-migrantlarning daromadini soliqqa tortish Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlariga va Tomonlar davlatlari ishtirokchi bo‘lgan soliqqa tortish sohasidagi xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

    Mehnatkash-migrantlar Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlarida belgilangan huquq va majburiyatlarga ega. Mehnatkash-migrantlar Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlari va Tomonlar davlatlari ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga muvofiq ijtimoiy sug‘urta (majburiy tibbiy sug‘urtadan tashqari) va pensiya ta’minoti huquqiga ega.

    Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligiga chalinish natijasida mehnatkash-migrant vafot etgan yoki sog‘lig‘iga shikast etgan taqdirda tegishli tovon puli Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki ish beruvchining aybi bilan kasb kasalligiga chalinish natijasida mehnatkash-migrant vafot etgan yoki sog‘lig‘iga shikast etgan taqdirda, ish beruvchi mehnatkash-migrantni O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish yoki jasadni tashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi. Mehnatkash-migrant vafot etgan taqdirda ish beruvchi o‘lim fakti bo‘yicha materiallarni taqdim etgan holda bu haqda jo‘natuvchi tashkilotni darhol xabardor qiladi.

    Bitim O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mehnat migrasiyasi jarayonlarini qonuniy oqimga solish imkoniyatini yaratadi, ikkala mamlakat fuqarolarining manfaatlariga xizmat qiladi, mehnatkash-migrantlarning huquq va erkinliklarini himoya etadi, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni kafolatlaydi, shuningdek odam savdosining rivojlanishiga sabab bo‘ladigan noqonuniy migrasiyaning oldini oladi.

    Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Migrasiya agentligi: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mehnat migrasiyasiga oid bitim imzolandi