— Xorijdagi o‘zbekistonliklar amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz pasportlarini qayerda almashtirishlari mumkin?
Jasur LAZIZBEKOV, Mirobod tumani
Savolga Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqarmasi birinchi kotibi Munira NIZOMOVA javob beradi:
— Xorijiy mamlakatga doimiy yashashga chiqib ketgan O‘zbekiston fuqarolari 16 yoshga to‘lganda, pasportlarining amal qilish muddati tugaganda yoki yo‘qotganda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yaroqsiz holga kelganda, vizalar va maxsus belgilar uchun mo‘ljallangan varaqlari to‘lganda yangi pasport olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat etishlari kerak. Buning uchun fuqaro o‘zi doimiy konsullik ro‘yxatiga olingan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonasiga ariza berishi lozim. Qanday holatda pasport olayotganidan kelib chiqib, arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
— pasport nusxasi (yozuv va belgilari bor barcha varaqlaridan nusxa olinadi);
— 1-shakl bo‘yicha ariza (arizachi tomonidan 1 nusxada to‘ldiriladi);
— 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona fotosurat;
— arizachining chet elga doimiy yashashga chiqqanini tasdiqlovchi hujjat (pasportidagi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan «Doimiy yashashga chiqishga ruxsat berildi» yozuvli stiker, MDH mamlakatlariga doimiy yashashga ketganlar uchun esa manzildan chiqish varaqasining tasdiqlangan nusxasi).
Manba: sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi