6 711
Fotocuratlar Trampning oldingi prezidentlardan qanday farqi borligini ko‘rsatdi (Foto)
AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda (Merilend shtatidagi) Endryus harbiy bazasiga qilgan parvozi davomida, Oq uyning oldingi rahbarlaridan qanday farqi borligini namoyish etdi, deb xabar berdi darakchi.uz nashri.
Jurnalist tomonidan yaratilgan kollajni o‘n mingta foydalanuvchi perepost qildi, tvitlar esa ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama etildi. Ba’zi bir izoh yozgan foydalanuvchilar Trampni oddiy odob-axloq qoidalarini bilmaslikda, ortidan kelayotgan rafiqasi Melaniyaning tushishiga yordam bermaganlikda ayblashdi. Bundan tashqari, Tramp rafiqasi Melaniya baland poshnada zinapoyadan tushib ulgurmasdanoq, yolg‘iz o‘zi mehmonlar bilan qo‘l berib ko‘rishdi.
Etika mutaxassislarning fikricha, Donald Tramp o‘zining bu hatti-harakati bilan AQShning birinchi xonimini hurmat qilmasligini ko‘rsatgan. Boshqa foydalanuvchilar esa buni tasodif, oldingi prezidentlar bilan ham bunday hol yuz berishi mumkin edi, deb hisoblagan. Ular fikrlarining isboti sifatida Trampning boshqa parvoz vaqtida rafiqasining zinapoyadan tushishiga yordam berish maqsadida qo‘lidan tutib turgan suratini namoyish etishdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi