Poytaxtimizda O‘zbekiston kosmetikasini ishlab chiqaruvchi birinchi zavod taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy hududida joylashgan Navoiy Beauty Cosmetics kompaniyasi Koreya kosmetika ishlab chiqaruvchilari uyushmasi va mamlakatning etakchi CNP Dream kompaniyasi bilan birga qo‘llab-quvvatlangan va yaratilgan.
U erda yiliga 3 million quvvatli zavod La Core brendi nomi ostida Koreya texnologiyalaridan foydalanib, 200 dan ortiq kosmetika turlarini ishlab chiqariladi. Kompaniyaning katalogida yuz, tana va soch uchun kosmetik mahsulotlar va hatto parfyumeriya taqdim etilgan.
“Bizning vazifamiz O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati Koreya kosmetikadan kam emasligini ta’minlash edi. Va men ishonaman, biz ikki yil ichida shunga erishdik. Albatta, sizning mamlakatingizda iqlim sharoitini o‘rganib chiqib, mahsulotlarni qayta ko‘rib chiqdik va tarkibiga qisman o‘zgartirishlar kiritdik. O‘zbekistonda kosmetika Koreya an’anaviy kosmetik moddalari – chig‘anoq, ilon zahari va qora ikra ekstrakti asosida ishlab chiqarilmoqda”, dedi Navoiy Beauty Cosmetics bosh direktori janob Kim.
Matbuot anjumanida zavod xodimlarini o‘qitishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Xodimlar doimiy ravishda Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Turkiya, Rossiya, Xitoy kabi rivojlangan mamkatlarda malaka oshirib, trening o‘tmoqdalar. Bundan tashqari, La Core kompaniyasi Toshkent farmasevtika instituti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzoladi. Bu hujjat doirasida La Core kompaniyasi ko‘magida Toshkent farmasevtika instituti xo‘jaligida kosmetika ishlab chiqarish sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kurs va ilmiy-texnik laboratoriya ochish rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi