22:27 / 14.05.2017
5 737

Moskva avtobuslarida ishlashga o‘zbekistonlik haydovchilar uchun tanlov boshlandi

Moskva avtobuslarida ishlashga o‘zbekistonlik haydovchilar uchun tanlov boshlandi
Agentlikning Facebookdagi sahifasida xabar berilishiga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya orasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, “Mosgortrans” avtobuslarida ishlash uchun 1 ming nafar o‘zbekistonlik avtobus haydovchilari tanlab olinadi.

“Nomzodlar “D” haydovchilik kategoriyasiga ega bo‘lishi, rus tilini yaxshi bilishi, sinchikov bo‘lishi hamda korxona mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi kerak”, — deyilgan xabarda. Shartnomada 3 oylik sinov muddati ko‘zda tutilgan. Haydovchilar maoshi 43 mingdan 60 ming rublgacha belgilangan. Haydovchiga qo‘yilayotgan talablardan yana biri, uning aholi zich yashaydigan hududlardagi ish tajribasi 1 yildan ko‘p bo‘lishi kerak. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ushbu vakansiya bilan qiziqqan nomzodlarni agentlikning mahalliy bo‘limlariga murojaat qilishni so‘raydi.

Manba: sputniknews-uz.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moskva avtobuslarida ishlashga o‘zbekistonlik haydovchilar uchun tanlov boshlandi