© Sputnik / Artur Lebedev
Qashqadaryo viloyati hokimligi Rossiya bilan hamkorlikda arqon yo‘li quradi. Bu haqida Sputnik muxbiriga Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Olimxon Rustamov aytib berdi.
"Kitob tumanida, G‘ilon qishlog‘ida osma yo‘l qurmoqchimiz. Bugungi kunda rossiyalik tadbirkorlar xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda geologik sharoit va qiyaliklarni o‘rganish uchun bizga kelishdi. Biz ishchi guruh tuzdik, shu yilning may oyining oxiri yoki iyun oyining boshiga qadar mazkur loyihaning katta taqdimoti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, shundan so‘ng qurilishini boshlaymiz”, — dedi u.
“Umuman olganda, biz rossiyalik investorlar bilan juda yaqin hamkorlik qilamiz. Yaqinda Toshkentda "Innoprom" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi va unda biz 2024-2026 yillarda Qashqadaryo viloyatiga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha umumiy qiymati 300 million dollarlik kelishuvlarga erishdik.
Xususan, 2023 yilda biz Permning TORN kompaniyasi bilan hamkorlikda shartnoma tuzdik va transformatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdik. Joriy yilda esa 500 ga yaqin transformator sotishni rejalashtirganmiz.
Bundan tashqari, biz Perm viloyati bilan kabellar ishlab chiqarish uchun elektrotexnika sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqdamiz.
Rossiya tomoni bilan mebel va yog‘och uylar ishlab chiqarish bo‘yicha ham kelishuvlarimiz bor”, — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi