Toshkent shahar IIBB joriy yil 14 may kuni Toshkent shahrida qayd etilgan yo‘l-transport hodisalari va aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan ma’lumot berdi, deb yozmoqda Qalampir.uz.
14 may kuni Toshkent shahri hududida 2 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 2 nafar shaxs tan jarohati olgan.
Shu kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3375 ta qoidabuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan 1068 tasini qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar, 28 tasi mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etdi.
Toshkent shahar IIBB YHHBning Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 14 may kuni jami 1186 ta qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 598 tasi svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlangan, 588 tasi belgilangan tezlikni me’yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi