17:36 / 20.05.2017
12 733

Yunusoboddagi fojia! Erosti yo‘lagida sodir etilgan qotillik tafsilotlari ma’lum bo‘ldi!

Yunusoboddagi fojia! Erosti yo‘lagida sodir etilgan qotillik tafsilotlari ma’lum bo‘ldi!
5 may kuni ertalab soat 5:45 atrofida Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan «Yunusobod» bozori yaqinidagi erosti o‘tish yo‘lagida Davronbek O‘razovning jasadi topilgan

Poytaxt huquqni muhofaza qilish organlari Toshkent shahrining Yunusobod tumanida shov-shuvlarga sabab bo‘lgan jinoyat tafsilotlarini ma’lum qilishdi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Poytaxt prokurori o‘rinbosari Fatxulla Abdurahimovning so‘zlariga ko‘ra, 5 may kuni ertalab soat 5:45 atrofida Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan «Yunusobod» bozori yaqinidagi erosti o‘tish yo‘lagida Davronbek O‘razovning jasadi topilgan. Uning yonida esa badanida jarohat izlari bo‘lgan mast holdagi Andrey Romanov (ism-shariflar tergov manfaatlari yuzasidan o‘zgartirilgan) bo‘lgan. «Yunusobod tuman prokuraturasi mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi («Qasddan odam o‘ldirish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘adi.

So‘ngra ish dastlabki tergov o‘tkazish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga topshirildi», — dedi Abdurahimov. O‘tkazilgan tezkor-surishtiruv tadbirlari chog‘ida Andrey Romanov tanishi Davronbek O‘razov bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirgan vaqtda bir-birlari bilan janjallashib ketishgani ma’lum bo‘ldi. Janjal vaqtida Romanov O‘razovning yuz qismiga shisha idish bilan uradi va O‘razov o‘sha ondayoq hayotdan ko‘z yumadi. 14 may kuni Romanov ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusoboddagi fojia! Erosti yo‘lagida sodir etilgan qotillik tafsilotlari ma’lum bo‘ldi!