14:32 / 31.05.2017
5 544

Chak Norris Fiat elchisi bo‘ldi

Chak Norris Fiat elchisi bo‘ldi
Italiya mashhur avtomobilsozlik kompaniyasining tijorat avtomobillari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Fiat Professional sho‘’basi amerikalik kinoaktyor Chak Norrisni brendning yangi elchisi sifatida tanladi, deb yozadi Kun.uz nashri. 77 yoshli aktyor savdo belgisining kelasi oydan boshlanadigan turli anjumanlari va reklama kampaniyalarida ishtirok etadi.

Sho‘’ba korxonasi so‘zlariga ko‘ra, Chak Norris obrazi Fiat tijorat avtomobillariga ham uyg‘unlik taraflari ko‘p: «maqsad sari harakat, ishonchlilik, professionallik va foydalanishga qulaylik».

Bundan tashqari, aktyor ijtiomiy tarmoqlarda mashhurligi sababli ham kompaniya elchiligiga tanlangan. Masalan, uning Facebook sahifasiga 6,5 million kishi a’zo.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chak Norris Fiat elchisi bo‘ldi