00:01 / 03.06.2017
7 666

Nega sobiq sovetlar davrida qurilish batalonini «Qirollik bataloni» deb atashgan?

Nega sobiq sovetlar davrida qurilish batalonini «Qirollik bataloni» deb atashgan?
OTRYaDNING TAShKIL ETILISh TARIXI
Kimki sobiq sovetlar davrida yashagan va armiyada xizmat qilgan bo‘lsa, yaxshi biladi. O‘sha paytlarda qurilish bataloni bo‘lardi. Bu to‘liqligicha Harbiy qurilish otryadi deb yuritilgan. Nega yigitlar bu batalonda xizmatni o‘tashga or qilishgan? Uning boshqa harbiy qismlardan nima yomon jihati bor edi? «Qirollik bataloni» degan atama qayerdan kirib kelgan?..
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, sobiq sovetlarning harbiy qurilish otryadlari 1942 yil 13 fevralda sobiq sovetlar xalq komissarlari kengashi qaroriga asosan tashkil etilgan. Uni tashkil etishdan maqsad gitlerchilardan ozod etilgan shaharlarni qayta tiklash bo‘lgan. «Qirollik otryadi» deb atashlariga birdan-bir sabab shuki, o‘shanda bu batalonda 300 dan 400 minggacha askar xizmat qilgan. Harbiy desant otryadlarida 60 ming, dengiz piyodalar qo‘shinlarida 15 ming, chegara qo‘shinlarida 220 ming askar xizmat qilgan. Ko‘rinib turibdiki, harbiy qurilish batalonida askarlar soni sezilarli darajada ko‘pchilikni tashkil etgan. Mana shuning uchun ham bu batalonni «qirollik bataloni» deb atashgan.

ASKAR TANLAMAS MAKON
Xo‘sh, nega harbiy xizmatga chaqiriluvchilar qurilish otryadida xizmat qilishdan bu qadar qo‘rqishgan? Birinchidan, boshqa harbiy qismlarda askarlarni quroldan otishga o‘rgatishgan. Askarlar harbiy ilmni o‘sha qismlarda olishgan. Bu harbiy qismlar haqiqiy erkaklarniki deb hisoblangan. Qurilish otryadida xizmat qilish uchun esa bitta belkurak kerak bo‘lgan xolos. Qo‘lida belkurak ko‘tara oladigan yigitni agar bilim saviyasi past bo‘lsa, to‘g‘ri qurilish otryadiga jo‘natishgan. Hatto boshqa qismlarda xizmatni o‘tashga salomatligi yo‘l bermaydiganlar ham qurilish otryadlarida xizmat qilgan. Otryadga ilgari sudlanganlar ham sig‘ib ketavergan.

RUS TILINI BILMASLIK BALOSI
Nihoyat, qurilish otryadlarida xizmat qiladiganlarning 90 foizi O‘rta Osiyo va Kavkaz yigitlaridan iborat bo‘lgan. Xo‘sh, nega aynan kavkazlik va o‘rta osiyoliklar qurilish batalonlariga tushgan. Asosiy sababi ular rus tilini yomon o‘zlashtirgani bo‘lgan. Harbiy korchalonlar rus tilini yaxshi bilmaydigan askar bilan ishlashni ahmoqlik deb hisoblashgan. Undaylarga qurolni ishonib topshirish ham xavfli sanalgan.

«DEDOVЩINA» NIMA?..
Qurilish otryadlarida «dedovщina» degan maraz «qonun» mavjudligi rostakam fojia edi. Bir yil xizmat qilib qo‘yganlar yosh askarlar ustidan istagancha kulishgan, ularni qiynoqlarga solishgan, o‘ta jirkanch ishlarni ado etishga majburlashgan. Qiynoqlarga chiday olmagan ko‘plab yosh askarlar qismdan qochishga, yo joniga qasd qilishga majbur bo‘lgan. Bundan tashqari, qurilish otryadlari aksar hollarda giyohvand moddalar ombori, bozoriga aylantirilgan. Askarlarning ko‘pchiligi harbiy xizmatni tugatgach, uyga haqiqiy narkoman ko‘rinishida kirib borgan.

Qurilish otryadlarini nafaqat askarlar, balki qo‘mondonlikdagilar ham xush ko‘rishmagan. Ular harbiy qurilish otryadlari umuman keraksiz deb hisoblashgan. 1956 yili mudofaa vaziri Georgiy Jukov harbiy qurilish otryadlari tashkil etilgani mamlakat konstitusiyasiga zid deya atagan. Bu ham bir yoqda qolib, qurilish otryadida xizmat qilayotgan askarlar qahraton sovuq kunlari ham chala bitgan, isitish moslamalariga ega bo‘lmagan binolarda yashashga mahkum edi. Natijada ularning ko‘pi turli ko‘rinishdagi xavfli xastaliklarga duchor bo‘lgan.

ChERNOBILDA O‘LGAN ASKARLAR
Yana bir minus. 1986 yili sobiq sovetlar harbiy qurilish otryadlarini Chernobil atom elektr stansiyasida sodir bo‘lgan portlash oqibatlarini bartaraf etish uchun tashlashgan. Askarlar va harbiylar juda uzoq vaqt zahar yutib yashashga majbur bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi, afsuski, uyiga qaytmagan. Afg‘onistondagi urushda ham xuddi shu qurilish otryadlari vayron bo‘lgan aeroportlar, binolar, inshootlar, turar joylarni qayta tiklash bilan shug‘ullangan. Bu erda ham askarlar hayoti jiddiy xavf ostida qolgan.
Xayriyatki, bugungi kunda shunday xatoliklarga yo‘l qo‘yilmayapti. Qurilish turi borki, maxsus tashkilotlar tarafidan amalga oshirilmoqda. Sobiq sovetlar davridagi dahshatlar tarixda qolgani rost bo‘lsin.

Rus tilidan Olimjon HAYIT tarjimasi

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nega sobiq sovetlar davrida qurilish batalonini «Qirollik bataloni» deb atashgan?