O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi» mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida qo‘shxotinlik bilan bog‘liq holatlarni tanqid ostiga oldi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
«Shu o‘rinda yana bir nozik masala bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Ba’zan hayotda ZAGS, ya’ni Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan o‘tmasdan turib, pul evaziga yashirincha shar’iy nikoh o‘qitish, xotin ustiga xotin olish holatlari ham, ming afsuski, uchrab turibdi», — dedi davlat rahbari.
«Bir paytlar hayotning o‘zi rad etgan kundoshlik, qo‘shxotinlik balosi qanday xunuk oqibatlarga olib kelishi barchamizni tashvishga solishi kerak. Atoqli adibimiz Abdulla Qodiriy ‘O‘tkan kunlar’ romanida kundoshlik tufayli butun bir oila boshiga tushgan fojialarni juda ta’sirchan tasvirlab bergani nahotki saboq bo‘lmagan bo‘lsa? Axir, tegishli davlat idorasida qonuniy qayd etilmagan nikohdan tug‘ilgan farzandlarning taqdiri, kelajagi ertaga nima bo‘ladi? Tabiiyki, davlat qonunlari bo‘yicha ular ko‘pgina huquqlardan mahrum bo‘lib qoladi. Xususan, otalikni belgilash, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma olish, meros huquqi, o‘sib-ulg‘ayganidan keyin bog‘chaga, ta’lim muassasalariga qabul qilish masalalarida qanchadan-qancha muammolar paydo bo‘ladi. Eng yomoni, bunday bolalar ruhan majruh bo‘lib, turli ma’naviy nuqsonlar bilan voyaga etadi. Ular o‘zini jamiyatning to‘laqonli a’zosi deb his etolmaydi», — qo‘shimcha qildi Prezident.
Uning ta’kidlashicha, hozirgi kunda ana shunday holatlarga chek qo‘yish maqsadida alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.
«Hurmatli imom-xatiblar, sizlar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan berilgan hujjatni ko‘rmasdan turib, turli boyvachchalarga shar’iy nikoh o‘qib berayotganingizda mana shunday ishingiz oilalarga qanday baxtsizlik, jamiyatga qanday katta muammo olib kelayotganini loaqal tasavvur qilasizlarmi o‘zi?!», — xitob qildi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?