Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona asalarichilik ishlab chiqarish o‘quv markazida bo‘ldi

  • 22 iyun 2017, 15:48
  • 7 614
  • Jamiyat
  • Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona asalarichilik ishlab chiqarish o‘quv markazida bo‘ldi
    Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi. Tashrif davomida davlatimiz rahbari viloyatdagi asalarichilar uyushmasi qoshida tashkil etilgan ishlab chiqarish o‘quv markazida bo‘ldi.

    Markazda ilmiy-tekshiruv laboratoriyasi, trening zallari, kutubxona, elektron arxiv bazasi, asalni qayta ishlash va qadoqlash sexi, tikuvchilik, mum-parda, asbob-uskuna va asalari uyasi ishlab chiqarish sexlari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, asalarichilikda naslchilik laboratoriyasi, qariyb 2 gektar eksperimental bog‘ va asal beruvchi o‘simliklarni etishtirishga mo‘ljallangan ekin maydoni tashkil etilgan.

    40 kishining bandligi ta’minlangan markazda bir yilda 7 ming dona asal uyasi, 7 ming 500 dona yostiqcha, 3 ming dona maxsus kiyim va yuz niqobi ishlab chiqariladi. Bir kecha kunduzda 200 kilogramm mum-parda tayyorlanadi. 200 tonna asalni qadoqlash sexi ishlab turibdi. 2016 yilda viloyatlarga 20 ming dona, chet davlatlarga 30 ming dona sifatli asalari paketlari etkazib berildi.
    Markazda bir yilda 600 nafar mutaxassis o‘qitiladi.

    Shavkat Mirziyoyev markazda amaliyot o‘tayotgan kollej o‘quvchilari bilan Farg‘ona asalarichilik tarixi, asalning shifobaxsh xususiyatlari, ta’lim jarayonida olib borilayotgan islohotlar haqida suhbatlashdi.

    Farg‘ona davlat universitetida asalarichilik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish kerak, dedi davlatimiz rahbari. Agar mazkur sohaning ilmiy asoslarini o‘rgatadigan muassasa tashkil qilinsa, boshqa viloyatlardan ham yoshlar o‘qishga keladi. Bundan tashqari, xorijiy davlatlar, xususan, AQSh bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish lozim. O‘zbekiston – AQSh qo‘shma korxonasi tashkil qilinib, ikki mamlakatning etakchi mutaxassislari doimo tajriba almashib turishi kerak.

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev asalari uyalari va uskunalari ishlab chiqarish sexida olib borilayotgan ish jarayoni bilan tanishdi.

    Manba: Hordiq.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona asalarichilik ishlab chiqarish o‘quv markazida bo‘ldi