19:30 / 21.07.2017
9 802

12 yoshli qizning tanasini daraxt po‘stlog‘i qoplamoqda

12 yoshli qizning tanasini daraxt po‘stlog‘i qoplamoqda
Bangladeshlik 12 yoshli qizning bu suratlari kishini hayratga solishi tabiiy. Gap shundaki, Muktamoni ismli qiz “daraxt sindromi”ga chalingan.

Qizning tanasi kundan-kunga ishib, terisi daraxt po‘stlog‘ini eslatuvchi qoplama bilan to‘lmoqda. Shifokorlar qizda kasallik tez tarqalayotganini xulosa qilishgan.

Muktamoni kuchli og‘riqdan aziyat chekadi. Hozirda uning o‘ng qo‘li va ko‘krak qafasining bir qismi daraxt po‘stlog‘i bilan qoplangan.

Shifokorlar zaruriy barcha choralarni ko‘rishayotgan bo‘lishsa-da, qizning salomatligi kelajakda yaxshilanishi borasida umid bildira olishmayapti.

“Daraxt sindromi” kamdan-kam uchraydigan og‘ir kasallik hisobalanadi. Bunday xastalik dunyoda 15 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 12 yoshli qizning tanasini daraxt po‘stlog‘i qoplamoqda