06:33 / 07.08.2017
5 833

Toshkentlik haydovchining firibgarligi fosh etildi

Toshkentlik haydovchining firibgarligi fosh etildi
Toshkentda yo‘lovchini aeroportdan Chilonzorgacha olib kelish evaziga aldov yo‘li bilan 3300 rubl olgan kishi ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida ma’lum qilindi.

«20 iyun kuni taxminan soat 14:00 larda Nizomov Nuriddin Kamolovich fuqaro Umirov Hojiakbar Hamidullaevichning ishonchiga kirib, unga 100 rubl evaziga o‘zining Nexia rusumli avtomashinasida aeroportdan Chilonzor tumanida joylashgan «Bunyodkor» metro bekatiga olib borib qo‘yishni va’da qilib, aytilgan manzilga kelganidan so‘ng Umarovga har bir bosib o‘tilgan kilometr uchun 100 rubldan to‘lanishini tushuntirib, aldov yo‘li bilan undan 3300 rubl qo‘lga kiritgan», — deyiladi xabarnomada.

Holat yuzasidan JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentlik haydovchining firibgarligi fosh etildi