2025 yilda O‘zbekistonda qancha yangi uy foydalanishga topshirildi?

2025 yilda O'zbekistonda jami 69,1 mingta yangi uy foydalanishga kiritildi, bu 2024 yilga nisbatan 2,4 mingta ko'pdir. Hududlar bo'yicha eng ko'p uy Navoiy viloyatida qurilgan, Namanganda 10,8 mingta, Toshkent viloyatida 6,7 mingta va Surxondaryo viloyatida 6,1 mingta uy foydalanishga topshirilgan. Farg'ona, Xorazm va Toshkent shahrida 5,9 mingtadan, Buxoroda 5,6 mingta, Sirdaryo viloyatida esa 0,6 mingta yangi uy qayd etilgan.
2025 yilda O‘zbekistonda jami 69,1 mingta yangi uy foydalanishga kiritilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 2,4 mingga oshgan, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p uy Navoiy viloyatida qurilgan bo‘lsa, Namanganda 10,8 mingta yangi uy foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, Toshkent viloyatida 6,7 mingta, Surxondaryo viloyatida 6,1 mingta uy amalda ishga tushirilgan.
Farg‘ona, Xorazm va Toshkent shahrida har biri 5,9 mingta uy, Buxoroda esa 5,6 mingta yangi uy qurib bitkazilgan. Eng past ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida – 0,6 mingta uy bilan qayd etilgan.
Shuningdek, 2026 yil yanvar oyida e’lon qilinishicha, O‘zbekistonda norasmiy sektor tomonidan 4 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 7,1 foizga ko‘paygan.































Izohlar 0
…