17:03 / 19.08.2017
9 338

Nazorat paytida prokuratura xodimini do‘pposlagan shaxs ushlandi (Video)

Nazorat paytida prokuratura xodimini do‘pposlagan shaxs ushlandi (Video)
Xonadonlardagi hisoblagichlarga zarar etkazish, uni buzish, ko‘rsatgichlarni o‘zgartirishga urinish, shu orqali ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz to‘lovlaridan qochish holatlari uchramoqda.

Bugungi kunda bu singari hatti-harakatlar uchun javobgarlik kuchaytirilgan. Bu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni ham qabul qilingan.

Nazorat Prokuratura qoshidagi Majburiy ijro byurosiga yuklatilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalaridan biri sifatida energiya resurslari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishi va tarmoqlarga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash hamda bartaraf etishdir.

Namangan viloyati Norin tumani Majburiy ijro bo‘limi tomonidan ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bo‘lim xodimlari tomonidan 11 mingdan ortiq xatlov o‘tkazilib, qoidani buzgan 7 nafar shaxsga nisbatan 6 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Mansabdor shaxslarning qonuniy harakatlariga nisbatan aholi tomonidan qarshilik bildirilmoqda.

Misol uchun, 2017 yil 27 iyul kuni Norin tumani MIB bo‘limi inspektori Abdurahim Hoshimov xatlov ishlarini amalga oshirayotganida fuqaro Ilhomjon Iraliev bunga to‘sqinlik qilib, tan jarohati etkazdi.

Mazkur holat bo‘yicha Norin tuman prokuraturasi tomonidan I.Iralievga Jinoyat Kodeksi 219 moddasi 2 qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nazorat paytida prokuratura xodimini do‘pposlagan shaxs ushlandi (Video)