Toshkent mezbonlik qilgan Asian Fight turnirida jang qilgan va ozarbayjonlik raqibini nokautga uchratgan o‘zbekistonlik Mahmud Murodov Buxorodagi bolalar uyiga tashrif buyurdi va xayriya qildi. Bu haqda sportchining Instagram sahifasiga tayanib daryo.uz ma’lumot berdi.
Avvalroq Mahmud Murodov Asian Fight turniridan oladigan gonorarini mehribonlik uyiga taqdim etishi haqida aytib o‘tgandi. Biroq musobaqa tashkilotchilari unga bir tiyin ham bermagani ma’lum bo‘ldi. Bungacha tashkilotchilik qoniqarsiz ko‘rinishda bo‘lgani haqida maqolalar chop etilgandi.
Bugun va’damga binoan Buxorodagi bolalar uyiga keldim. Chunki Asian Fight turniridan olgan gonorarimni bolalar uyiga xayriya qilishni va’da qilgandim. Men doimo so‘zimda turaman.
Bolakaylarga yordam berish imkoniyatim borligidan xursandman. Ular chindan ham g‘amxo‘rligimiz va e’tiborimizga muhtojdirlar. Men Asian Fight uchun bir tiyin ham olganim yo‘q. Lekin, va’damni bajardim. Bu kabi ishlarni yana uzoq yillar davomida qilmoqchiman.
Agar kimdir ko‘makka muhtoj bo‘lsa, ularga yordam berish kerak, menga shunday o‘rgatishgan.
Savob ish qilsang, Xudo senga ikki barobar qilib qaytaradi. Menda ham shunday bo‘ldi. Men muhtojlarga yordam berishga harakat qildim, Xudo esa meni yanada ko‘proq mukofotladi.
Bu bilan maqtanmoqchi emasman. Oramizda shunday ishlarni qila oladiganlar yetarlicha. Shunchaki, ishoning, bolalar ko‘zidagi quvonchni ko‘rsam, kuchimga kuch qo‘shiladi. Ularga nisbatan befarq bo‘lmang, savob ish qiling.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi