O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 22 sentyabr kuni soat 17:00ga qadar paxtaga jalb qilingan talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini ortga qaytarish bo‘yicha topshiriq berdi.
Endilikda fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olish uchun aniq belgilangan chora-dasturlar va konsepsiya asosida aholi va «Fidoyi yoshlar otryadlari» jalb etiladi.
Kun nashri ma’lum qilishicha, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi majlisining bayoni Bosh vazir A.Aripov tomonidan 2017 yilning 19 sentyabr kuni tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, bir guruh uyushmagan yoshlarning Yoshlar ittifoqi faollariga qilgan murojaati asosida Yoshlar ittifoqining har bir tuman (shahar) kesimida uyushmagan yoshlarni mavsumiy ish bilan ta’minlash orqali ularning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida «Fidoyi yoshlar otryadlari» loyihasini tashkil etish taklifi ma’qullangan:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklariga bir kun muddatda tegishli hudud hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari rahbarligida IIB boshliqlarini yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Yoshlar ittifoqi hududiy (mahalliy) Kengashi raislari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy Kengashlari raislarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlaridan iborat paxta yig‘im-terimiga uyushmagan yoshlarni jalb etish va terim ishlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli shtablarni tashkil etish;
– uch kun muddatda Yoshlar ittifoqi bilan kelishgan holda har bir tuman (shahar) kesimida uyushmagan yoshlar (18-30 yosh)dan iborat «Fidoyi yoshlar otryadlari» faoliyatini tashkil etish, otryad a’zolari soni va tarkibini shakllantirish, ularni 2017 yil paxta yig‘im-terimi mavsumiga jalb etishga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash;
– uch kun muddatda tuman sektor rahbarlari tomonidan biriktirilgan hududlarida «Fidoyi yoshlar otryadlari» rahbarlariga munosib tajribali, tashabbuskor va faol nomzodlarni tasdiqlab, paxta tozalash korxonalariga taqdim etish;
– uyushmagan yoshlar otryadlari a’zolarini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va zaruriy transport vositalari bilan ta’minlash, ularning xavfsizligi bo‘yicha alohida chora-tadbirlarni belgilash;
– «O‘zpaxtasanoateksport» holding kompaniyasi (Kamolov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Jo‘rayev) bilan birgalikda uyushmagan yoshlar otryadlari a’zolari uchun yotoq joylari va (palatka) shiyponlarni tayyorlash;
– Yoshlar ittifoqi hududiy Kengashlari bilan birgalikda tashabbuskor, fidoyi va faol yoshlar hamda otryad rahbarlari va a’zolariga joriy etilgan imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, Markaziy bank (Nurmuratov), ATB «Agrobank» (Xo‘jayev), «O‘zpaxtasanoateksport» holding kompaniyasi (Kamolov) va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Quronboyev) «Fidoyi yoshlar otryadlari» faoliyat ko‘rsatayotgan hududlarda bank sayyor kassalarini tashkil etish hamda paxta terim pullarini otryad rahbari, fermer xo‘jaligi rahbari, bank xodimi va Yoshlar ittifoqi mahalliy Kengashi raisi nazorati ostida tarqatishni tashkil etadi.
KUN.UZ’ga vaziyat bilan tanish manbalarning tasdiqlashicha, uyushmagan yoshlar degan hech qayerda ishlamayotgan, o‘qimayotgan yoshlar tushuniladi. Aynan ulardan otryadlarga jalb etiladi. «Fidoyi yoshlar otryadlari»ga baribir talabalar majburiy jalb etilishi haqidagi mish-mishlar asossizdir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi