Toshkent IIBB tezkor xizmatlari Abbosxon Xo‘jayevni hibsga olishdi, u, huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtning «kriminal avtoriteti» nomiga da’vogarlik qilgan. Bu ma’lumotni poytaxt IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov bo‘limi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayev 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda tasdiqladi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
«U jinoiy guruhni tashkil etgani va avtoritet maqomini qo‘lga kiritish uchun harakatlarni amalga oshirgani tasdiqlandi. Tezkor kuchlar tomonidan mazkur harakatlar bartaraf etildi. U hibsga olindi, sheriklari aniqlanmoqda», - degan Doniyor Toshxo‘jayev.
«Shuni ishontirib aytishim mumkinki, Toshkentda hech kimning qonundan ustun bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Konstitutsiya, Jinoyat-protsessual kodeks, normativ hujjatlar, hokimiyat, huquqni muhofaza qilish idoralari mavjud. Bu yerda «ko‘cha»ga joy yo‘q», - deya qo‘shimcha qilgan Toshxo‘jayev.
Abbosxon Xo‘jayevga giyohvand moddalarni saqlash aybi e’lon qilindi (JKning 273-moddasi 5-qismi). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi